Источник: static.mangahub.ru

Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev ishdan olindi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

26 avgustda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga 2018 yil fevral oyidan buyon Andijon viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Bahromjon Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi.


Sobiq shahar hokimi ishdan olinishi sabablari haqida ochiq ma’lumot berilmagan.

Dilmurod Rahmatullayev 2016 yildan buyon Andijon shahar hokimi bo‘lib keladi. Vazifasi davomida uning qo‘l ostidagi xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani, majlislarda xodimlarni ayovsiz haqoratlagani aks etgan audioyozuvlar bir necha bor sizdirilgan.

Jumladan, 2017 yilning noyabrida Rahmatullayev mahalliy tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va o‘qituvchilarni «shakal, tvar, iflos, harom, hayvon» kabi so‘zlar bilan haqorat qilgan. So‘ngra bunday audioyozuvlardan yana bir nechasi tarqaldi, shikoyatlar bo‘ldi.

Natijada, o‘sha yilning dekabr oyida Andijon shahar hokimi prokuror nazoratiga olindi, 18 dekabr kuni esa ish sudga oshirildi.

Sudning qarori bilan Rahmatullayev O‘zbekiston Respublikasi MJtK 41-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor topilib, eng kam ish haqining 30 baravari (5 million so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Ammo, shunga qaramay, Andijon shahar hokimining ishchilarni majburiy mehnatga safarbar qilishi va majlislarda xodimlarni yoppasiga haqorat qilishi barham topmagan.

2018 yil 17 aprel kuni majburiy mehnat masalasida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, bir necha hokimga hayfsan e’lon qilgan, xususan Andijon shahar hokimi Rahmatullayevni oxirgi marta ogohlantirayotganini aytgan edi.


Lekin sobiq hokimni ketishiga oddiy holga aylangan muntazam haqorat yoki qo‘l ostidagilarni majburiy mehnatga olib chiqish emas uning ishqiy munosabatlari sabab bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Dilmurod Rahmatullayev va bir ayolning 18+ rasmlari va videosi ommaga sizdirildi deb xabar beradi Togri.uz.

Источник: minbar.uz


Источник: static.mangahub.ru


Categories: Вопросы

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.

(function(w, d, n, s, t) { w[n] = w[n] || []; w[n].push(function() { Ya.Context.AdvManager.render({ blockId: «R-A-265786-5», renderTo: «yandex_rtb_R-A-265786-5», async: true, onRender: function (data) { window.onload = function() { window.$(document).trigger(‘direct_render’); }; } }); }); t = d.getElementsByTagName(«script»)[0]; s = d.createElement(«script»); s.type = «text/javascript»; s.src = «//an.yandex.ru/system/context.js»; s.async = true; t.parentNode.insertBefore(s, t); })(this, this.document, «yandexContextAsyncCallbacks»);